Menyu Закрыть
Выберите язык:
Мы в социальных сетях:
Wi-Fi зона

О гостинице

Wyndham Tashkent

Wyndham Tashkent mehmonxonasining keng va zamonaviy xonalari va apartamentlari biznes uchun ham, hordiq chiqarish uchun ham a’lo darajada mos keladi. Yuqori yechimdagi yassi ekranli televizorlar va  yuqori tezlikdagi bepul Internet kabi zamonaviy qulayliklar mehmonxonaning butun hududida xizmatingizda bo‘ladi.  Shaharning qoq markazida joylashgan va jamot transportidan foydalanish qulay bo‘lgan ushbu mehmonxona Oloy bozori, Temuriylar tarixi muzeyi, Chorsu bozori va Xasti Imom maydoni kabi shaharning istalgan nuqtasidagi mashhur va diqqatga sazovor joylarga oson va tez yetib borish imkonini beradi.  Mehmonxonada ajoyib oshxonaga ega ikkita restoran hamda to‘ylar, korporativ bazmlar va shunga o‘xshash tadbirlar uchun mo‘ljallangan banket zallari mavjud. Fitnes-markaz, ochiq va yopiq basseynlar hamda haqiqiy turk hammomi mehmonlar xizmatiga muntazir. Toshkent shahrining go‘zalligini biz bilan birga kashf eting!

Закрыть

Закрыть

Закрыть